Primadona Yulduz Usmonovadan yangi lirik asar — “Onamga aytmang”

Primadona Yulduz Usmonovadan yangi lirik asar — “Onamga aytmang”

O‘zbekiston xalq artisti va estradaning primadonasi Yulduz Usmonova o‘z muxlislarini yangi asari — “Onamga aytmang” nomli qo‘shig‘i bilan quvontirdi.

Qo‘shiq so‘zlari muallifi — Yulduz Usmonovaning o‘zi, musiqasi va aranjirovkasi esa iste’dodli bastakor Jasur Badalbayev tomonidan yaratilgan. Asarda onaga bo‘lgan mehr, kechinma va hayotiy iztiroblar nozik lirik ohangda ifodalangan.

Muxlislar qo‘shiqni chin yurakdan qabul qilib, ijtimoiy tarmoqlarda xonandaga iliq izohlar qoldirishmoqda. Ularning fikricha, “Onamga aytmang” Usmonovaning eng samimiy va hayotiy asarlaridan biri sifatida tinglovchilar qalbidan joy olgan.

Shuningdek, Yulduz Usmonova 2026-yil aprel oyida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘zining katta konsert dasturini o‘tkazishini avvalroq e’lon qilgan. Xonanda ushbu konsertda yangi qo‘shiqlarini jonli ijroda taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar