date

BTS yangi albom yozishni yakunladi

BTS yangi albom yozishni yakunladi

BTSning yangi albomi allaqachon yozib olingan, bu haqda Weverse'dagi translyatsiya vaqtida guruh a’zosi Chiming ma’lum qildi.

"Endigina yozib oldik. Albom kelasi bahorda chiqishi mumkin, - dedi Chiming. Tezroq qo‘shig‘imizni targ‘ib qilishni boshlashga oshiqyapman."

Avvalroq BTS a’zolari guruhning yangi relizi 2026 yil mart oyi oxiriga rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi. Albom chiqqandan so‘ng, guruh jahon gastrol safariga chiqadi.

Oktyabr oyi oxirida BTS hamkorlik qiladigan Big Hit Music yorlig‘i jahon gastrolining aniq sanalari va tafsilotlari hali to‘liq kelishilmagani haqida xabar bergan edi.

BTS hamkorlik qiladigan Big Hit Music yorlig‘ida jahon gastrolining aniq sanalari va tafsilotlari hali to‘liq kelishilmagani aytildi. Ayni paytda muhokamalar olib borilmoqda.

2022 yilda BTS harbiy xizmatni o‘tash uchun musiqiy faoliyatini to‘xtatdi. Birinchi bo‘lib Jin (Kim Sokchin) harbiy xizmatni boshladi. 2025 yil iyun oyida barcha ishtirokchilar armiyadan qaytishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » BTS yangi albom yozishni yakunladi