date

Feruza Normatova yosh farqi haqida: “Muhabbat yoshga qaramaydi”

Feruza Normatova yosh farqi haqida: “Muhabbat yoshga qaramaydi”

Aktrisa Feruza Normatova yaqinda Instagram orqali obunachilari savollariga javob berdi. U so‘nggi paytlarda ko‘p muhokama qilingan mavzu — turmush o‘rtog‘i bilan yosh farqi haqidagi savollarga ochiq fikr bildirdi.

Ma’lumki, aktrisa 2025 yil 15 oktyabrda xorazmlik 23 yoshli MMA jangchisi Olloyor Abdushukurov bilan turmush qurgandi. Uning yoshidagi farq va mahr masalasi haqida so‘ralgan savollarga javob berar ekan, Normatova shunday dedi:

— Xadicha onamiz Rasululloh (s.a.v) bilan turmush qurganlarida 40 yoshda edilar, payg‘ambarimiz esa 25 yoshda bo‘lgan. Bu — sunnat. Demak, muhabbatda yoshning ahamiyati yo‘q. Asosiysi — insonlar qalban birlashishi. Chunki har bir ruh Al-Misoq davridan teng. Agar kimdir bizning yoshimizga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, bu savolni Alloh va uning Rasuliga bersin, — dedi aktrisa.

Feruza Normatovaning bu javobi muxlislar orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar uning samimiyligi va qat’iy e’tiqodiga yuqori baho berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova yosh farqi haqida: “Muhabbat yoshga qaramaydi”