
Rossiyalik yumorist Maksim Galkin shaxsiy tadbirda bo'lgan voqealar tufayli tanqid ostida qoldi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Galkin ukrainalik qo'shiqchi Svetlana Loboda bilan raqsga tushib, u bilan noz qilgan. San'atkorlar Dubayda o'tkazilgan yopiq tadbirda qatnashgan.
Ushbu tadbirda Galkinning rafiqasi Alla Pugachyova ishtirok etmagan. Tadbir suratlari e'lon qilinganidan so'ng, Pugachyovaning muxlislari Galkinni qoralashdi.
Xonandaning muxlislari yosh er Loboda bilan noz qilgan deb hisoblashdi. Galkin hatto Lobodaga ukrain tilida qo'shiq ham kuylagan.
Shuni ta'kidlash joizki, so'nggi paytlarda Galkin oila a'zolaridan alohida vaqt o'tkazmoqda – Pugachyova farzandlari bilan Kiprda qolmoqda, yumorist esa turli davlatlarga safar qilmoqda.
Maksim Galkin yosh xonanda bilan tanqid ostida qoldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar