date

Netflix 2026 yilning asosiy seriallarini e'lon qildi

Netflix 2026 yilning asosiy seriallarini e'lon qildi

Netflix 2026 yilda tomoshabinlarga taqdim etiladigan seriallar ro'yxatini ochiqladi. Platforma bu safar ham sinovdan o'tgan hitlarning davomi, shuningdek, yirik adabiy asarlar asosidagi yangi ekranlashtirishlarga tayanmoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Yanvar oxiri va fevral oyida “Bridjertonlar” serialining to'rtinchi mavsumi ikki qismda namoyish etiladi. Yangi mavsum voqealari Benedikt Bridjertonning sevgi hikoyasi atrofida rivojlanadi.

Mart oyida esa sarguzashtli ekshen “Van Pis” qaytadi. Ikkinchi mavsum Into the Grand Line sarlavhasi ostida chiqib, Luffi jamoasini kutayotgan yangi orollar va xavfli raqiblar haqida hikoya qiladi. Serial 10 mart kuni ekranlarga chiqadi.

Yil boshida Gay Richi yaratgan “Jentlmenlar” kriminal komediyasining ikkinchi mavsumi ham taqdim etiladi. Unda Eddi Horniman hikoyasi London narkobiznesi olamida davom ettiriladi.

Shuningdek, 2026 yilda “Outer Banks” va “The Witcher” seriallarining yakuniy mavsumlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Yangi loyihalar orasida Jeyn Ostinning romani asosidagi “G'urur va xurofot” seriali alohida e'tiborni tortmoqda. Unda bosh rollarni Emma Korrin va Oliviya Kolman ijro etadi.

Yana bir shov-shuvli premyera — Agata Kristi asari asosida suratga olingan “Yetti siferblat” detektivi bo'ladi. Ssenariyni “Peaky Blinders” muallifi Stiven Nayt yozgan, aktyorlar tarkibiga esa Xelena Bonem Karter ham qo'shiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix 2026 yilning asosiy seriallarini e'lon qildi