"Qalpoq" dagi Maraymamat: "O‘lishdan qo‘rqaman,yana ko‘p yashashni xohlayman"

“Qalpoq” serialidagi Maraymamat obrazi orqali tanilgan aktyor Rahmonali Suropov hayot va o‘lim haqidagi shaxsiy mulohazalarini bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, umr va sog‘liq haqida o‘ylash har bir inson uchun tabiiy hol.
Aktyor ba’zan yuragi og‘rib qolganida qo‘rquv paydo bo‘lishini yashirmadi. “O‘lishdan qo‘rqaman, yana ko‘p yashashni xohlayman”, deydi u. Uning aytishicha, bu gaplarni aytsa, ayrimlar noto‘g‘ri tushunadi.
Rahmonali Suropov har kuni yuragi uchun zarur dori-darmonlarni ichishini aytib o‘tdi. “Har safar dori ichganimda, o‘zimni ertaga ham yashayman deb ko‘ndirishga harakat qilaman”, dedi aktyor. Unga ko‘ra, yashash istagi har kimda bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing