Xonanda Umid Shahobov anchadan beri ko‘rinmay qoldi. Bir paytlar uning qo‘shiqlari ham yoshlar orasida ommalashgan edi. Lekin so‘nggi paytlarda kamnamo bo‘lib ketdi. Xonandaning o‘zi buni boshqa sabab bilan izohladi. Qalampir.uz sayti u bilan uyushtirilgan intervyuni havola etdi.
— Nega kamnamo bo‘lib ketdingiz? Qo‘shiqlaringiz tele va radiokanallarda deyarli efir yuzini ko‘rmayapti.
— To‘g‘ri, shu kunlarda efirlarda chiqishlarim kamayib qolgan. Sababi, efirlar narxi juda qimmat. Bitta efirga chiqish davlat kursida 150 dollar turadi. O‘ylab ko‘ring, bir oy efirga chiqsangiz, taxminan, 18 million so‘m sarflaysiz. Buncha pul topishning o‘zi bo‘lmayapti. Lekin yangi qo‘shiqlarimni internet tarmog‘iga joylab boryapman. Agar kimlargadir qo‘shiqlarim kerak bo‘lsa, muxlislarimiz bahramand bo‘lishni istasalar, internet orqali yangi qo‘shiqlarimni topishlari mumkin.
— Kamnamoligingizga biz bilmagan boshqa sabablar bordir, kimlardir yoki nimadir xalal bergandir?
— Menga hech narsa halal bermagan. Oxirgi paytlarda bo‘ladiganam, bo‘lmaydiganam sana’tkorlar ko‘payib ketdi. Bir xil paytlar jahlim chiqadi, nahotki, qo‘shiq aytishni eplasa-eplamasa, sahnaga chiqib ketaversa. Bilmadim, shoirlarimiz orasida ko‘chadan besh-oltita so‘zlarni o‘rganib olib, uni she’rga qo‘shib ishlataveradiganlari chiqayotganiga nima deysiz? Chunki, hozir san’atda tartib yo‘qoldi. Qo‘shiq bo‘lgandan keyin insonga nimadir berishi kerak emasmi? Tinglovchi eshitganda dam olib, ma’naviy ozuqa olib, hordiq chiqarishi kerak-ku!
— Uzr, shu erda gapingizni bo‘laman. Deyarli hamma bir xil gapiryapti — qo‘shiqlar bundoq, she’rlar undoq. Xo‘p, nega bo‘lar-bo‘lmas qo‘shiqlar ozayish o‘rniga ko‘payib bormoqda?
— O‘zim ham shunga hayronman-da, bilolmayapman! Televideniega keladigan bo‘lsak, unaqa qo‘shiqlarni efirlarda qo‘yishmoqda. Ayniqsa, tijorat telekanallarida. Ular o‘zlarini “stavka”sini chiqarib qo‘yishgan. Ularga pul kerak, aytganini to‘la xohlagan narsangni chiqaraver. Faqat pulni o‘ylayversak, bunaqada xalqimimz saviyasi tushib ketadi-ku. Bundan besh-o‘n yil avval davlat kanallari: “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”da badiiy kengashlar bo‘lardi. Badiiy kengashdan qo‘shiq o‘tmasa, efirga ketmas edi. U paytlarda ham bachkana qo‘shiqlar bo‘lgan. “Pista chaqdim”, “Oq ko‘ylak, qora shim”, “U qildim, bu qildim” degan qo‘shiqlar efir yuzini ko‘rmagan.
— Qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, yuqoridagi turli illatlarning oldini olish uchun sohaning odami sifatida qanday taklif berasiz?
— Bo‘lmasa, men ochig‘ini gapiraman. Tartibga solish uchun katta badiiy kengash tuzish kerak. Kengashda har bitta san’atkorning mahsulotini olishdan oldin, xonandaning o‘zini jonli ijroda eshitib ko‘rish kerak. Qay darajada ovozi, qay darajada imkoniyatlari borligini o‘rganib, keyin unga ruxsat berish lozim. Xuddi, avtomobil boshqarish uchun hujjat berishdan oldin imtihon qilinganidek. Ya’niki, biz aytayotgan badiiy kengashga huquqiy maqom berilishi lozim. San’atkorning ovozi bormi-yo‘qmi, u qancha diapazonga ega, she’r matni talablarga javob beradimi, degan qat’iy qoidalar bilan ishlansa, tartibga kelishi mumkin. Tijorat kanallarimizda ham haqiqiy badiiy kengashlar tuzilishi shart. Ular, kerak bo‘lsa, qo‘shiqlarni keyingi besh yillikda xalqimiz ongiga qanday ta’sir qilishigacha hisobga olishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
— Hozirgi kunda yangi tashkil etilgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyat yuritmoqda-ku, uni tarqatib yuborish kerakmi?
— To‘g‘ri, “O‘zbekonsert” bor, ular tartibga keltirib turibdi. U erga borgan xonanda boshqa qo‘shig‘ini topshiradi. Yaxshi aytilgan mahsulotini topshiradi. Endi u badiiy kengashdan o‘tadi. Lisenziya olgandan keyingi jarayonda xalqqa bachkana qo‘shiqlar yoqayotgan ekan, shunaqa qo‘shiqlarga ko‘proq pul tushar ekan, deb ba’zi “xonandalar” o‘zlaricha “ijod” qilishyapti.
Ma’lumot uchun, Umid Shahobov 1978 yil 7 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “An’anaviy ashula va ijro” bo‘limida tahsil olgan. Xonanda 2001 yili “Turkiston” saroyida “Farishtam” deb nomlangan ilk konsert dasturini bergan. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi