
Pi Diddi (haqiqiy ismi - Shon Kombs) qamoqxonada hujum qurboni bo‘ldi. Bu haqda Kombsning do‘sti Charluchchi Finnining so‘zlariga asoslanib, Daily Mail nashri xabar bermoqda.
"Men uning qarshilik ko‘rsatganini yoki qo‘riqchilar kelganini bilmayman, men shunchaki nima bo‘lganini bilaman," - dedi Finni jurnalistlarga.
Uning taxminicha, hujumchi repperni o‘ldirmoqchi bo‘lmagan. Aftidan, mahbuslar o‘rtasida janjal chiqqan va Kombsni qo‘rqitmoqchi bo‘lishgan. "Ehtimol, bu "Keyingi safar omadingiz kelmaydi" deyishning bir usuli bo‘lgandir. Bularning hammasi qo‘rqitish. Lekin Shon uchun buning iloji yo‘q, — dedi Finni. — Axir u Nyu-Yorkning Garlem tumanida tug‘ilib o‘sgan.
Himoyachi Brayan Stilning sudga ma’lum qilishicha, aybdor Pi Diddga zarar yetkazish orqali "maqomga ega bo‘lishga" uringan.
3 oktyabr kuni sud Pi Diddini fohishalikka jalb qilish uchun odamlarni tashish ishi bo‘yicha to‘rt yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qildi va 500 ming dollar jarimaga tortdi. Shu bilan birga, prokurorlar suddan repperni 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragan.
Avvalroq sud unga nisbatan qayta sud muhokamasini o‘tkazishni rad etgandi. Kombs advokatlarining bayonotiga ko‘ra, hakamlar hay’ati hukm chiqarishga "noxolis" munosabatda bo‘lgan, chunki ular bir xil ish doirasida turli darajadagi ayblovlarni ko‘rib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!