date

Yunkaa va Masha Tilla'dan zamonaviy duet: “Shunaqa gaplar” klipi taqdim etildi

Yunkaa va Masha Tilla'dan zamonaviy duet: “Shunaqa gaplar” klipi taqdim etildi

Mashhur bloger va model sifatida tanilgan Masha Tilla (asl ismi Maryam) va mashhur reper Yunkaa o‘rtasidagi navbatdagi hamkorlik mahsuli — “Shunaqa gaplar” nomli duetga ishlangan klip ommaga taqdim etildi. Ushbu qo‘shiq birinchi bor Pepsi Fest tadbirida jonli ijro etilgan edi.

Bu Maryamning o‘zbek tilida kuylagan ikkinchi qo‘shig‘i hisoblanadi. Avvalroq u reper Massa bilan “Cash” nomli duet ijro qilgan.

“Shunaqa gaplar” klipining rejissyori Xojiakbar Lutfullayev bo‘lib, Maryamning Instagram’dagi yozishicha, ular Buxorodagi zamonaviy san’at biyennalesida tanishishgan. Aynan o‘sha tadbirda ushbu qo‘shiq ilk bora namoyish qilingan.

Videoklip zamonaviy tendensiyalarga mos tarzda, sun’iy intellekt orqali portret yaratish trendiga o‘xshash sahna bilan boshlanadi. Klipda bloger va kontent yaratuvchilar hamda reper Shokir ham ishtirok etgan.

Shuningdek, Yunkaa ishtirokidagi oq-qora fonli sahnalar va balerinalarning raqsi mashhur amerikalik reper Kanye Westning “Runaway” klipiga vizual havola sifatida ko‘riladi.

Ushbu duet va klipni YouTube platformasi orqali tomosha qilish mumkin. Qo‘shiq matni, sahna g‘oyasi va tasviriy yechimlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yunkaa va Masha Tilla'dan zamonaviy duet: “Shunaqa gaplar” klipi taqdim etildi