date

Victoria's Secret saratonga chalingan modelni rad etdimi?

Victoria's Secret saratonga chalingan modelni rad etdimi?

Italiyalik 41 yoshli model Bianka Balti yaqinda Substack orqali o‘zining ta’sirli hayotiy hikoyasini baham ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida tuxumdon saratoniga qarshi davolanishni boshlagan va shu davrda Victoria's Secret ko‘rgazmasiga qatnashish uchun kompaniyaga murojaat qilgan.

Balti hikoyasiga ko‘ra, u 6 oktyabrda kompaniyaga xat yo‘llab, 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mashhur shouda ishtirok etish uchun ruxsat so‘ragan.

«Qayerdan kuch olganimni bilmayman, ammo men bu ishni qildim. Hayotda afsuslanishga arziydigan yagona narsa — qo‘ldan ketkazilgan imkoniyatlardir. Shu sabab o‘zimga: “Nimani yo‘qotyapman?” deb savol berdim va qaror qildim. LinkedIn orqali kompaniya xodimlarining elektron pochtalarini izlab topdim va xatimni hammasiga yubordim», — deb yozadi model.

Balti so‘zlarini shunday davom ettirdi:

«Men eng yosh yoki eng kelishgan ayol emasman. Ammo men kuchliman, jasurman va hayotga to‘laman. Mening chandiqlarim — faxrim, qayta o‘sgan sochlarim — g‘alabam. Agar men bu podiumga chiqsam, bu faqat shaxsiy g‘alabam emas, balki millionlab ayollarga yo‘llangan xabar bo‘ladi: “Hayot sinovlarga qaramay davom etadi. Sen hali ham go‘zalsan, sen to‘liqsan. Seni hech kim to‘xtata olmaydi.”»

Kompaniya hali bu murojaatga rasmiy izoh bermagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda Biankaning jasorati va samimiy so‘zlari katta qo‘llab-quvvatlashga sazovor bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Victoria's Secret saratonga chalingan modelni rad etdimi?