13 015
Dilorom Omonullaeva Shahzoda Muhammedova ustidan Madaniyat vaziriga murojaat qilmoqchi
Avvalroq, aktrisa Shahzoda Muhammedova O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, taniqli bastakor, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Dilorom Omonullaevani haqoratlab, uning ruhiy kasal, razil inson ekani, talabalar, konservatoriyaga kirish istagida bo‘lgan abiturientlarga qo‘pol munosabatda bo‘lishi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida post qoldirgan edi.
Mazkur masala saytimiz orqali yoritilganidan so‘ng aktrisa Shahzoda Muhammedova maqolani olib tashlashimizni, yo‘qsa boshqa yo‘l tutishini aytib, bizni ogohlantirdi. Uning fikricha, maqolaga xolisona yondashilmagan. To‘g‘ri, maqolaga xolisona yondashilgani yo‘q. Chunki unda faqatgina Shahzoda Muhammedovaning Dilorom Omonullaeva haqidagi fikrlari, haqoratlari chop etildi. Biz xolislikka tayangan holda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullaeva bilan bog‘landik.
Konservatoriya ma’muriyati bilan o‘tkazgan surishtiruvlarimizga qaraganda, aktrisa Shahzoda Muhammedova va xonanda Vohidjon Isoqov O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga borib, professor Dilorom Omonullaeva bilan uchrashishgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, xonadan shovqin ovozi eshitilgan. Dilorom Omonullaeva xonani tark etgach, Shahzoda Muhammedova uning ortidan bino yo‘lagigacha baqirib, haqoratlab chiqqan. Dilorom Omonullaeva bo‘lib o‘tgan voqeani shunday izohlaydi.
Dilorom Omonullaeva, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori:
– Yonimga bir yigit va qiz keldi. Konservatoriyada ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olmoqchimiz deyishdi. Qiz o‘zini aktrisa, yigit esa “O‘zbeknavo”dan deb tanishtirdi. Ochig‘i, men ularni umuman tanimasdim. So‘ng qizning ovozini eshitdim, “Yomg‘ir yog‘di” nomli qo‘shig‘imni aytib berdi. Ovozi juda kichkina ekan. Boshlang‘ich musiqiy bilimni qayerda olgansiz, deb so‘radim. U esa boshqa sohada o‘qiganini aytdi. Men O‘zbekiston davlat konservatoriyasida boshlang‘ich musiqiy ta’lim yo‘q, professional ta’limda qiynalasiz, dedim. Bu erga musiqa maktablari va liseylarni bitirgan o‘quvchilar kirishi kerak, deb aytdim va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga borib o‘qishni tavsiya qildim. Chunki u erning ta’lim berish tartibi konservatoriyanikidan farq qiladi: musiqa, nota nima ekani birinchi darslardanoq o‘rgatiladi. Bizda esa yo‘q. Bu men o‘rnatgan tartib emas. Butun dunyo konservatoriyalaridagi qoidaga ko‘ra, konservatoriyaga boshlang‘ich musiqiy ta’limni olmaganlar o‘qishga qabul qilinmaydi.
Gapimga ko‘nmadi, men shu erda o‘qishim kerak, deb oyoq tirab olgach, mayli, bizda tayyorlov kurslari bor, juda bo‘lmasa, shularga qatnang, shundan keyin o‘ylab ko‘ramiz, deb aytdim. U esa musiqiy bilimi yo‘qlar ham o‘qib yuribdi-ku, deya javob qaytardi. Nimaga sha’ma qilayotganini tushundim. To‘g‘ri, Sardor Rahimxon bizda o‘qidi, lekin uning O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bor edi. Shuning uchun unga o‘qish imkoniyati berilgandi. Kaniza ham konservatoriyani bitirdi. Chunki u ham “Nihol” mukofotini olgandi. Bu mukofot nizomiga ko‘ra, sovrindor oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz qabul qilinadi. Axir, bu qonun-qoidalarni men o‘ylab topmaganman-ku.
“Sizga boshlang‘ich musiqiy ta’limi bo‘lmay turib konservatoriyada o‘qiyotganlar borligini isbotlab beraman”, dedi. Kechirasiz, men butun konservatoriyaga javob bermayman. 20 yildan buyon o‘zim ishlayotgan kafedraga javob beraman, xolos.
Unga baqirmadim ham, turtganim ham yo‘q, bunga talabalar guvoh. Aksincha, baqir-chaqirga toqat qilmay xonamni tark etdim. U esa ortimdan baqirib, yo‘lakka chiqdi. Shunda talabalardan birining onasi Shahzodaning yoniga borib, Konservatoriyada o‘qimoqchi bo‘lsangiz, avval muomalangizni chiroyli qiling, deb aytdi. Shahzoda esa meni og‘ziga kelgan gaplar bilan haqorat qildi: “Siz kimsiz, nega yoshlarning oyog‘iga bolta urasiz? Mening qo‘limni Islom Abdug‘anievich ushlaganlar, menga so‘z berganlar, siz esa meni o‘qishga qabul qilmayapsiz”, deb ta’na qila ketdi. Axir bu erga kelgan abiturientlarning o‘qishga kirishini men hal qilmayman-ku. Bizda ma’muriyat, imtihon, qabul komissiyasi bor.
Past ketib, bu qiz bilan olishadigan darajadagi ayol emasman. Men haqimda talabalarimdan so‘rang. U meni manqurt, ruhan kasal, razil deb yozibdi. Yarim soat vaqtimni oldi, ovozini eshitdim, maslahatimni berdim. Bundan ortiq nima qilishim kerak? Bu qizning nima haqqi bor meni haqorat qilib yozishga? U bilan o‘ziga o‘xshab olishishni ep ko‘rmayman, holbuki, mening ham ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifam bor. Bu masalani boshqa yo‘l bilan hal etaman. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining yoniga ketyapman.
Dilorom Omonullaeva savollarimizga og‘ir-bosiqlik bilan javob qaytararkan, bunday haqoratlarga loyiq emasligini, aslida Shahzoda Muhammedova bilan tortishib o‘tirish ham unga yarashmasligini bot-bot takrorladi. U vaziyatga O‘zbekiston ziyolilari, tegishli davlat tashkilotlari va konservatoriya o‘qituvchilari nima uchun o‘z munosabatini bayon etmayotganiga quyidagicha fikr bildirdi.
Dilorom Omonullaeva, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor:
– Jamoatchilikning fikri, albatta, qiziq. Lekin ziyolilarning ko‘pchiligi, ayniqsa, mening tengqurlarim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi va Shahzoda Muhammedovaning darajasiga tushishni ham istashmaydi. Kechadan buyon telefon tingani yo‘q, hali u sayt, hali bu gazeta intervyu so‘rayapti. Ammo men bu mavzuda ularga intervyu berishni ham o‘zimga ep ko‘rmadim. Munosabat bildirmoqchi bo‘lganlar esa qo‘ng‘iroq qilib, yonimga kelib fikrlarini aytishyapti. O‘zbek ziyolilari dunyoning boshqa mamlakatlari jamoatchiligi kabi bunday holatlarga javob berishi uchun biroz vaqt kerak.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...