
Xonanda Munisa Rizayeva Dubaydagi safarini yakunlab, O‘zbekistonga qaytdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislariga murojaat qildi.
San’atkor o‘z postida quyidagicha yozgan: “Xayr, Dubay! Biz seni sog‘inamiz! Ko‘rishguncha.” Bu so‘zlari orqali u safar chog‘ida o‘tgan yoqimli lahzalarni eslab, iliq his-tuyg‘ularini bildirgan.
Biroq Munisa Rizayeva har doimgidek, o‘ziga xos hazil-mutoyibasi bilan ham muxlislarini kuldirishni unutmagan. U samolyotdan qaytgach, shunday yozgan: “Samolyotdan qayerga? To‘g‘ri ishga. Bugun ochilish marosimini o‘tkazdim.”
Ijodkorning bu so‘zlari muxlislari orasida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi. U yana bir bor faol ijodiy jarayonga qaytganini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, xonanda yangi suratlarida o‘zgacha imijda namoyon bo‘ldi. U nafis libos, o‘ziga xos soch turmagi va tabiiy bo‘yoqlari bilan kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!