date

O'zbekistondan yuk tashishga chegirmalar uzaytirildi

O'zbekistondan yuk tashishga chegirmalar uzaytirildi
Rossiya temir yo'llari (RJD) 2026-yilgacha O'zbekiston va Tojikistondan sabzavot hamda mevalarni tashishda 50 foizlik chegirmalarni uzaytirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Mazkur chegirmalar Rossiya ichkarisida ayrim yuklarni qisqa masofalarga tashishda ham amal qiladi. Shuningdek, Azov-Qora dengiz havzasidagi qator port stansiyalariga yoqilg'i yetkazishda imtiyozli tariflar saqlanib qoladi.

Kompaniya kelasi yilda xalqaro «Shimol-Janub» transport yo'lagi orqali yuk tashishni rag'batlantirishga qaratilgan bir qancha tarif yechimlarini ham davom ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistondan yuk tashishga chegirmalar uzaytirildi