
Turkiyaning eng mashhur seriallaridan biri — “Qurtlar vodiysi” (Kurtlar Vadisi) nafaqat sujeti, balki unda ishtirok etgan aktyor, aktrisalar orqali ham katta shuhrat qozongan. Quyida serialdagi asosiy qahramonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing.
Nejati Shashmaz (Necati Şaşmaz) — serialning bosh qahramoni Polat Alemdar rolini ijro etgan. 1971 yilda Turkiyaning Elyazig shahrida tug‘ilgan. “Qurtlar vodiysi” orqali butun Turkiyada va hatto xorijda tanilgan. U nafaqat aktyor, balki prodyuser va ssenarist hamdir.

Ozgyu Namal (Özgü Namal) — serialda Elif Eylül obrazini ijro etgan. Turk aktrisasi 1978 yilda Izmirda tug‘ilgan. Uning qahramonligi syujetning muhim qismlarida asosiy rol o‘ynagan bo‘lib, dramatik vaziyatlardagi emotsional kuch va realistik o‘yini tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Namalning tabiiy aktyorlik mahorati serialning shiddatli syujetini yanada ta’sirli qilib ko‘rsatgan.

Oktay Kaynarja (Oktay Kaynarca) — serialda Sulaymon Chakir obrazi bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan. 1965 yilda Malatiya shahrida dunyoga kelgan. Uning aktyorlik mahorati serialning dastlabki qismlariga o‘ziga xos kuch va ta’sir baxsh etgan. Keyinchalik “Eshkiya duniyaga hukumdor bo‘lmaz” seriali orqali yanada katta obro‘ topdi.

Kenan Choban (Kenan Çoban) — serialda Abdülhey Çoban obrazini ijro etgan. Turk aktyori 1975 yilda Turkiyaning Elyazig shahrida tug‘ilgan. U nafaqat kino, balki televizion seriallarda ham faoliyat olib boradi va jismoniy tayyorgarlik va harakterli qahramon rollari bilan tanilgan.

Gyurkan Uygun (Gürkan Uygun) — Memati Bash rolini ijro etgan. 1974 yilda Kodjaelida dunyoga kelgan. Uning kuchli harakteri va tabiiy o‘yini serial muxlislariga juda yoqqan. Gyurkan keyinchalik bir qator tarixiy loyihalarda ham ishtirok etgan.

Defne Samyeli (Defne Samyeli) — serialning keyingi qismlarida paydo bo‘lgan jurnalist ayol Zeynep rolini o‘ynagan. U aktrisa, telejurnalist va model sifatida ham tanilgan. Defne o‘zining zo‘r notiqlik mahorati va tabiiy go‘zalligi bilan serialga yangi ruh bag‘ishlagan.

“Qurtlar vodiysi” nafaqat siyosiy triller janridagi Turkiya seriali sifatida, balki turk teleseriallari tarixida iz qoldirgan madaniy hodisa sifatida ham e’tirof etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!