date

Dilnoza Kubayeva: “Instagram'da soxta Dilnozalar pul ishlayapti!”

Dilnoza Kubayeva: “Instagram'da soxta Dilnozalar pul ishlayapti!”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva doim o‘z qadriyatlariga sodiq, prinsipial va haqiqatparast ayol sifatida tanilgan. Xonanda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘payib ketgan soxta sahifalar haqida fikr bildirdi.

— “Instagram'da soxta Dilnozalar paydo bo‘lib, hatto 'pul ishlash' darajasigacha yetib kelishdi. Ayrimlari tadbirlar uchun odamlardan oldindan to‘lovlar ham olgan,” — deydi Dilnoza.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat yuz bergan paytda u vaziyatga jiddiy yondashgan:

— “Avvalo odamlarni ogohlantirishdan boshladim. Keyin esa barchani bu soxta akkauntlarni bloklashga chaqirdim. Menimcha, bunday holatlarda birinchi qadam — ogohlantirish. Ammo agar ochiqchasiga hurmatsizlik yoki aldov bo‘lsa, albatta, qonunga murojaat qilish lozim,” — dedi aktrisa.

Dilnoza Kubayevaning bu qat’iy munosabati muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubayeva: “Instagram'da soxta Dilnozalar pul ishlayapti!”