date

Ozgyu Namal — “Qurtlar vodiysi” yulduzi hayotidagi sirlar va haqiqatlar

Ozgyu Namal — “Qurtlar vodiysi” yulduzi hayotidagi sirlar va haqiqatlar

Turkiya kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa Ozgyu Namal (Özgü Namal) o‘zining tabiiy ijrosi va samimiy obrazlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. U nafaqat ekrandagi, balki shaxsiy hayotida ham ko‘pchilik uchun qiziqarli shaxs hisoblanadi.

Ozgyu Namal 1978 yilda Istanbulda tug‘ilgan. U yoshligidanoq sahna san’atiga qiziqqan va Turkiyaning eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri — Istanbul universitetining Davlat konservatoriyasi aktyorlik bo‘limida tahsil olgan.

Uning katta tanilishiga sabab bo‘lgan rol — bu albatta, afsonaviy “Qurtlar vodiysi” (Kurtlar Vadisi) serialidagi Elif Eylyul (Elif Eylül). obrazidir. Elif — Polat Alemdarning sevgan ayoli sifatida tomoshabinlarning yuragidan joy olgan va serialning eng hissiy epizodlaridan biri sifatida esda qolgan.

Shu rol orqali Ozgyu nafaqat Turkiyada, balki butun Sharq mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham katta muxlislar auditoriyasiga ega bo‘ldi.

U juda sermahsul aktrisa bo‘lib, “Qurtlar vodiysi (Kurtlar Vadisi)” serialidan tashqari “Hanımın Çiftliği”, “Büyü”, “Polis”, “Mutluluk”, “Sıfır Dediğimde” va “Merhamet” kabi ko‘plab mashhur filmlarda va seriallarda rol o‘ynagan.

Ozgyu Namal har doim shaxsiy hayotini ommadan yopiq tutishni ma’qul ko‘radi. Ammo ma’lumki, u bir necha yil muqaddam yoga ustozi Serdar  Oral bilan munosabatda bo‘lgan va 2014 yilda ularning munosabatlari rasman nikoh bilan mustahkamlangan.

Afsuski, 2020 yilda turmush o‘rtog‘ining vafoti Ozgyu uchun katta zarba bo‘lgan. Shu vaqtdan keyin u ekrandan uzoqlashib, bolalari bilan tinch hayot kechirishni afzal ko‘rdi.

Hozirgi kunda aktrisa Istanbuldan uzoqroqdagi tabiat bag‘rida yashaydi, ekologik turmush tarzini olib boradi va yoga, tabiiy sog‘lom ovqatlanish va bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Qiziqarli faktlar:

— Ozgyu Namal 2005 yilda Turkiyaning “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

— U tabiatni juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha daraxtlar orasidagi suratlarini Instagram sahifasiga joylashtiradi.

— Aktrisa so‘nggi yillarda seriallarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, muxlislari uni ekranga qaytishiga umid qilmoqda.

Ozgyu Namal — nafaqat Turkiya, balki butun mintaqa uchun ham ilhom manbai bo‘lgan ayol. Uning “Qurtlar vodiysi”dagi obrazi orqali ko‘pchilik sevgi, sadoqat va jasoratning haqiqiy qiymatini his qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozgyu Namal — “Qurtlar vodiysi” yulduzi hayotidagi sirlar va haqiqatlar