Radisson Blu Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida Ozodbek Nazarbekov, Ravshan Komilov, Gulsanam Mamazoitova, Nasiba Abdullayeva, Umidaxon, Dilsoʻz, Ziyoda, Rayhon, Ozoda Nursaidova, Munisa Rizayeva va yana koʻplab yulduzlarni koʻrish mumkin edi.
Xonanda sahnada oʻziga xos milliy koʻrinishlarda namoyon boʻldi. Uning egnidagi bejirim qora libos Akbarshoh tomonidan yaratilgan boʻlsa, aksessuarlari Dildora Qosimovaga, chopon esa, Iroda Agzamxoʻjaga tegishli.
Bu onlarni nafaqat muxlislar, balki shaxsan oʻzim ham necha yillardan beri niyatlar ila kutib keldim. Shu sababdan “Kutganingiz” deb nomlashga qaror qildik. Unga turli yoʻnalishlardagi 14ta qoʻshigʻimni kiritganmiz. Alʼbomning asosiy qismini yangi taronalar tashkil qilgan. Yaʼni 3 ta qoʻshiqdan tashqari barchasi yangi taronalardir.
Xonanda mazkur albomni yaratishda bastakorlar Abduhoshim Ismoilov, Jasur Badalbayev, Dilshod Axmadsho, Iqbol Muhammad bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, albomdan Ozarbayjon “Mugan” festivali gʻolibi Komila Nabiyeva bilan birga ijro etilgan “Sor galin” nomli tarona ham oʻrin olgan.
Xonanda taqdimot davomida muxlislari uchun jonli ijroda bir nechta taronalarni ijro etdi. Qoʻshiqlar alʼbomdan yiroq boʻlib, muxlislar xohish-istaklaridan kelib chiqqan holatda tanovorlar, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Sanʼatdan baxtini topganlar” nomli taronasi, buxoro mavrigilari, Hofiz Sheroziy gʻazali bilan “Samarqandu Buxoro” kuyga solinib ijro etildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”