
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik payidalar. Xususan kecha, chorshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotolar joylashdi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev to‘yda jonli ijroda kuylagan «Shoyi ro‘mol» deb nomlangan taronasini joylab, «to‘yni sog‘ingan bormi?», deya izoh qoldirgan.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Instagram sahifasiga 26 martdan buyon ilk marta post qoldirdi. Aktrisa ushbu postida «bo‘lib o‘tayotgan voqea barchamiz uchun sinov, ammo bu sinovdan to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘zimizga bog‘liq. G‘iybatni kamaytirib, duoda bo‘laylik», — deb yozib qoldirgan.
Aktrisa Durdona Qurbonovani katta o‘yinchoq ayiq quchoqlab oldi. Aktrisa esa bundan juda xursand.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva «Tomchi» deb nomlangan videoklipini sahifasiga joylashtirdi.
Aktrisa So‘g‘diyona Azimova kelin ko‘ylak kiyib tushgan fotolavhasini joylashtirgan.
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova bugun tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shahzoda Muhammedova Instagram tarmog‘ida juda ham faol aktrisalardan hisoblanadi. Aktrisa unga shifokori 15 aprelda farzandli bo‘lishini, u esa tug‘ilgan kunida farzandli bo‘lishini eshitib, quvongani haqida yozib qoldirgan.
Rayhon G‘aniyevaO‘zbek AktrisalariInstagram PostlariKarantin VaqtiSan’atkorlarQiziqarli Videolar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing