Yulduz Usmonovaning prezidentga bergan taklifi tarmoqlarda muhokamlarga sabab bo‘ldi

Yulduz Usmonovaning prezidentga bergan taklifi tarmoqlarda muhokamlarga sabab bo‘ldi
Qisqacha

Yulduz Usmonovaning prezidentga bergan taklifi madaniyat va san'at sohasida muhokamalarga sabab bo'ldi. U, to'ylar davomida san'atkorlar tomonidan bir juft maqom ijro etilishi yosh avlodning milliy san'atga qiziqishini oshirishiga yordam berishini ta'kidladi. San'atkorning fikricha, bu usul orqali yoshlar milliy merosni eslab qolishlari mumkin.

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va san’at sohasi vakillariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Darakchi.uz’ga bergan intervyusida xonandadan davlat rahbariga qanday takliflari borligi so‘ralgan. Yulduz Usmonova bu borada milliy musiqani keng targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

San’atkorning ta’kidlashicha, to‘ylarda mehmonlar o‘tirib bo‘lgach, san’atkorlar tomonidan kamida bir juft maqom ijro etilishi yosh avlodning milliy san’atga qiziqishini oshirishi mumkin.

“O‘zlari aytdilar-ku, to‘ylarda san’atkorlar xoh kichkina guruh bo‘lsin, xoh katta guruh bo‘lsin, mehmonlar o‘tirib bo‘lgandan keyin bir juft maqom aytilsa, yoshlarning ham qulog‘ida qolib boradi. Boshida ensasi qotadi, lekin keyin qulog‘i o‘rganadi. Yoshi ulg‘ayganda esa ‘bizning davrimizda shunaqa edi’, deb eslaydi”, — dedi Yulduz Usmonova.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar