date

Azim Mullaxonov og‘ir judolikka uchradi

Azim Mullaxonov og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri rahbari Azim Mullaxonov og‘ir judolikka duch keldi. Xonandaning o‘g‘li Islombek Mullaxonov vafot etdi. Bu haqda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasi ma’lum qildi.

Azim Mullaxonov avvalroq bergan intervyusida farzandlari — Azizaxon, Feruzbek va Islombek san’at ixlosmandi ekanini, ammo ularning hech biri ijod yo‘lini tanlamaganini aytgan edi. Ularning barchasi boshqa sohalarda mehnat faoliyatini olib borgan.

“Azizaxon, Feruzbek, Islombek ismli o‘g‘illarim bor. Ular ijodga qiziqish bildirishgan, ammo qiynalishlarini istamaganim uchun “Boshqa kasb tanlanglar”, deganman. Ular kasb tanlaydigan paytlarda san’atkorlar uchun juda murakkab davr edi. Ko‘pchilik artistlarning daromadi yuqori deb o‘ylaydi. Shuning uchun bozorga borsangiz, arzon narsani ikki baravar narxda aytishadi. Hamma san’atkor ham katta to‘ylardan katta mablag‘ olmaydi. Televizorda ko‘rinib yurganlar orasida ham oddiy teatr maoshiga ishlaydiganlar ko‘p. Shu sabab farzandlarimning san’at sohasiga kirishini istamaganman”, degan edi xonanda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Azim Mullaxonov og‘ir judolikka uchradi