23:58 / 19.09.2020
3 580

Endilikda haftaning har dam olish kunlari "Maydon tomoshalari" o‘tkaziladi

Endilikda haftaning har dam olish kunlari "Maydon tomoshalari" o‘tkaziladi
Madaniyat vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Maydon tomoshalari” festivali tashkil etiladi. Festival bugun, 19 sentabrdan Toshkent shahridagi saylgohlar va xiyobonlarda start oldi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ertaga, 20 sentabr kuni soat 18-00 dan 20-00 ga qadar poytaxtimizdagi quyidagi manzillarda davom etadi:
?Bektemir tumanidagi Madaniyat markazi
?Mirobod tumanidagi 1-son madaniyat markazi old maydoni
?Shayxontoxur tumanidagi Tashkent City
?Uchtepa tumanidagi Eko bog‘
?Yashnobod tumanidagi "Ashxobod" sayilgohi
?Chilonzor tumanidagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining oldi maydoni
?Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” bog‘i
?Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i
?Yakkasaroy tumanidagi "Pushkin" haykali old maydoni, barcha viloyat va tuman markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Unda taniqli estrada xonandalari, folklor jamoalari, baxshilar, maqom ijrochilari, teatr aktyorlari, qo‘g‘irchoq teatrlarining chiqishlarini tomosha qilish bilan birga, dorbozlar va sirk tomoshalaridan ham bahramand bo‘lishadi.

Ushbu festival endilikda haftaning shanba va yakshanba kunlari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Endilikda haftaning har dam olish kunlari "Maydon tomoshalari" o‘tkaziladi