19:10 / 09.10.2020
7 556

Yulduz Rajabova Turkiyada 10 oy yashagani, «Mendirman Jaloliddin» serialidagi qiyinchiliklarga to‘la roli haqida (video)

Yulduz Rajabova Turkiyada 10 oy yashagani, «Mendirman Jaloliddin» serialidagi qiyinchiliklarga to‘la roli haqida (video)
Foto: «Daryo»
Aktrisa Yulduz Rajabova «Mendirman Jaloliddin» deb nomlangan tarixiy serialida Qutlibeka rolini ijro etmoqda.
Yulduz Rajabova Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan suratga olish jarayonlari, turk filmining o‘zbek filmidan farqi, serialdagi roli haqida gapirib berdi. Aktrisa bu haqda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

- "Rolim haqida ko‘p narsani gapirib berolmayman-u, lekin judayam qiynaladi bu qiz, ya’ni serial qahramoni. Birinchi marta bunday muammoli personajni yaratyapman. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham qiynalib ketdim. Chunki u personajni ijro etishim uchun men ham u narsani his qilishim kerak. Shuning uchun rejissyorimiz bilan birgalikda, hamkorlikda uddalashga harakat qilyapmiz.

Inson hayoti davomida bitta chiziqdan ketadi, lekin ba’zi bir sabablarga ko‘ra u chiziqni kimdir sindiradi va boshqa chiziqdan yurishiga to‘g‘ri keladi. Bunaqa paytda inson sinib qolishi ham mumkin. Lekin o‘zida kuch topib, olg‘a qadam tashlab oilasi uchun, yaqin insonlari uchun bu narsani qilish biroz qiyin, ya’ni ayollarga bu narsa juda qiyin. Lekin ushbu serialda birinchi mavsumda xuddi shu narsani ko‘ramiz, ya’ni yaqin insoni uchun kurashib, ham sevgisidan, ham yaqin insonidan voz kecholmaydigan ayol rolini ijro etishga harakat qildim, Xudo xohlasa, birinchi mavsumda qanday bo‘lganini kuzatib boramiz.

O‘zbek va turk kinosi ishlash jarayonida aytarli farq sezmadim, biz qanday ishlasak, ular ham shunday ishlashdi. Biz hozir Turkiyada o‘n oydan buyon yashab, suratga olish jarayonlari bilan bandmiz. Ertaga yana ketamiz, kecha kelgandik. Suratga olish ishlari, taxminan, yana bir oy davom etadi", - deydi Yulduz Rajabova.

Ma’lumot uchun, «Mendirman Jaloliddin» serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat. Loyiha rahbari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva. G‘oya muallifi hamda bosh prodyuser O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Serial bosh rejissyori Metin Gunay, rejissyor Nurgissa Almurat, ssenariy muallifi hamda prodyuser Mehmed Bozdag‘ hisoblanadi. Film Turkiyaning «Bozdag‘ film» kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Keng jamoatchilik uchun premera 2021 yilning yanvar oyidan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Rajabova Turkiyada 10 oy yashagani, «Mendirman Jaloliddin» serialidagi qiyinchiliklarga to‘la roli haqida (video)