O‘zbekiston Musulmonlari idorasi 28 iyun kuni masjidlarda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:
- Andijon – 05:10
- Namangan – 05:10
- Farg‘ona – 05:10
- Toshkent shahri – 05:15
- Toshkent viloyati – 05:20
- Sirdaryo – 05:25
- Jizzax – 05:30
- Samarqand – 05:35
- Navoiy – 05:40
- Qashqadaryo – 05:40
- Buxoro – 05:40
- Surxondaryo – 05:40
- Xorazm – 05:50
- Qoraqalpog‘iston Res. – 05:50
Ma’lum qilinishicha, jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28 iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida xulosa qildi. Unga ko‘ra, qabul qilingan prezident farmoni bilan o‘zbekistonliklar quyidagi kunlarda dam oladi:
- 28 iyun, chorshanba — Qurbon hayiti bayrami;
- 29 iyun, payshanba — ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 30 iyun, juma — ish haftasi turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1 iyul, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2 iyul, yakshanba — taqvim bo‘yicha dam olish kuni.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kreml AQSHning Rossiyaga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga qanday munosabat bildirdi?
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi