11:44 / 24.06.2023
97

Antimikrob dori vositalarini retsepsiz sotish taqiqlanishi mumkin

Antimikrob dori vositalarini retsepsiz sotish taqiqlanishi mumkin

"Antimikrob vositalarga nisbatan chidamlilik tarqalishi oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019 - 2025 yillarda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan.

Konsepsiya bilan mikrobga qarshi chidamlilik tarqalishining oldini olish, shu jumladan mikrobga qarshi terapiyaning oqilona sxema va reglamentlariga qat’iy rioya qilish, antimikrob terapiya tayinlashda mikrobiologiya diagnostikasi usullarini rivojlantirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

2022 yilning 28 oktyabrida Qozog‘istonning Ostona shahrida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar mikroblarga qarshi chidamliligiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi to‘g‘risidagi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari kengashining qarori imzolangan.

Quyidagilar antimikrob vositalarga chidamlilikka qarshi kurashish borasidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar etib belgilanadi:

  • aholining antimikrob vositalarga chidamlilik to‘g‘risidagi tushunchasi, xabardorligini oshirish va antimikrob vositalarga chidamlilikka qarshi kurashishda idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • kadrlar malakasini oshirishni takomillashtirish, antimikrob vositalardan foydalanish va chidamlilikni nazorat etuvchi milliy tizimni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, amalga oshirilayotgan diagnostika sifatini yaxshilash, CAESAR, GLASS kabi antimikrob chidamlilikni epidemiologik nazorat qiluvchi xalqaro tizimlardan foydalanish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
  • tibbiy muolajalar bilan bog‘liq infeksiyalar ustidan infeksion nazoratni kuchaytirish yo‘li bilan infeksiyalarni kamaytirish, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek chorvachilik va o‘simliklar himoyasida antimikrob vositalardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
  • antimikrob dori vositalarni retsepsiz sotish amaliyotini cheklash yo‘li bilan ushbu vositalardan maqsadli foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
  • antimikrob vositalarga chidamlilik masalalarida o‘quv dasturlarini takomillashtirish yo‘li bilan mutaxassislarni uzluksiz tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va mutaxassislar salohiyatini oshirish.
  • “2023-2027 yillarda antimikrob vositalarga chidamlilikka qarshi kurashish dasturi” tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

uch oy muddatda retsept asosida sotiladigan antimikrob dori vositalarini dorixonalar, veterinariya dorixonalari va agrokimyoviy vositalarni sotish shoxobchalarida retsepsiz sotishni taqiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritadi;

dastur ijrosi bo‘yicha har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Antimikrob dori vositalarini retsepsiz sotish taqiqlanishi mumkin