
O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2024 yil 16 iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
1. Andijon - soat 05:10 da;
2. Namangan - soat 05:10 da;
3. Farg‘ona - soat 05:10 da;
4. Toshkent sh. - soat 05:15 da;
5. Toshkent v. - soat 05:20 da;
6. Sirdaryo - soat 05:25 da;
7. Jizzax - soat 05:30 da;
8. Samarqand - soat 05:35 da;
9. Navoiy - soat 05:40 da;
10. Qashqadaryo - soat 05:40 da;
11. Buxoro - soat 05:40 da;
12. Surxondaryo - soat 05:40 da;
13. Xorazm - soat 05:50 da;
14. Qoraqalpog‘iston Res. - soat 05:50 da.
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.
Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi. Bundan tashqari, bayram kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16 iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17 iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18 iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar