Lola Karimova Tillaeva 14 yillik xayriya ishlari, aniqrog‘i «Sen Yolg’iz Emassan» fondining ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumot berib o‘tdi.
««Sen Yolg’iz Emassan» Fondi o‘z faoliyatini boshlaganiga shu hafta 14 yil bo‘ldi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Ushbu xayriya tashkilotiga 2002 yilda asos solingan bo‘lib, uning asosiy vazifasi etim va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam berishdir.
Xayriya tashkilotimiz Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oila farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Fond og‘ir xastaliklar bilan og‘rigan bolalarning O‘zbekiston va chet elning ilg‘or klinikalaridagi davolanish va jarrohlik operasiyalarini moliyalashtiradi.
Shu kunga qadar «Sen Yolg’iz Emassan» Fondi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda 15000dan ortiq bolajonlarning davolanishida yordam berdi. Ular orasida davolanishi oylar va hattoki yillarni talab etgan juda og‘ir xastaliklar bilan kasal bo‘lgan bolajonlar bor.
Shuningdek, «Sen Yolg’iz Emassan» Fondi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida yordam oluvchi imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun aravachalar, turli protez va eshitish apparatlarini xarid qiladi.
Fond tomonidan qurib bitkazilgan va qayta ta’mirlangan Mehribonlik uylarida xalqaro standartlar asosida jihozlangan tibbiy bloklar tashkil etilib, ularda bolalarga yuqori malakali tibbiy xodimlar tomonidan profilaktik va terapevtik yordam ko‘rsatiladi.
Xayriya tashkilotimiz O‘zbekistonning tibbiy muassasalariga ham yordam berib keladi. Jumladan, Respublika Perinatal markazi, V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi hamda Gematologiya va qon quyish instituti bo‘limlarining zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi Fondimiz tomonidan moliyalashtirildi.
«Sen Yolg’iz Emassan» Fondi bizning yana bir xayriya tashkilotimiz Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Markazda imkoniyati cheklangan bolajonlarga tashxis, davolash va reabilitasiya bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatiladi. Bu erda tibbiy mutahassislar, pedagog va reabilitologlar markazga qatnovchi har bir bola uchun individual ishlab chiqilgan dastur asosida ish yuritadilar.
O‘z faoliyatimizda biz O‘zbekistondagi Mehribonlik uylarida yashash sharoitlarini yaxshilashga, u erda tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim olishi uchun barcha kerakli imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratamiz, maqsadimiz — bolajonlar kelajakda mustaqil, o‘qimishli, irodali insonlar bo‘lib voyaga etishlaridir. Fond tomonidan O‘zbekistondagi bir qator Mehribonlik uylarining kapital ta’mirlanishi va jihozlanishi moliyalashtirildi. Toshkent shahridagi Go‘daklar uyi, Samarqand shahridagi 10-Mehribonlik uyi, Chirchiqdagi 14-Mehribonlik uyi, 1-sonli Muruvvat uyi, 30- va 14-Mehribonlik uylarining yozgi oromgohlari shular jumlasidandir.
Shuningdek Fondimiz tomonidan Toshkent shahridagi 23-sonli va Samarqand shahridagi 6-Mehribonlik uylarining yangi maskanlari bunyod etildi hamda zamonaviy mebel va uskunalar bilan jihozlandi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi ixtisoslashtirilgan Go‘daklar uyi ham Fond tomonidan barcha zarur jihoz va anjomlar bilan ta’minlandi.
Bolalar ta’limi e’tiborimiz markazida turuvchi yo‘nalishlardan biridir. 2003 yildan beri Fond qoshida O‘quv markazi faoliyat yuritadi. Uning maqsadi bolalarni o‘qishga qiziqtirish, ijodiy salohiyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularni lisey, kollej va universitetlarga tayyorlashdir. Bu erda bir qator gumanitar va anik fanlardan darslar o‘tiladi, shuningdek, bolalarga hayotiy ko‘nikmalardan, uy-ro‘zg‘or yuritishdan saboq beruvchi ijtimoiy moslashuvga oid amaliy mashg‘ulotlar ham yuritiladi. O‘quv markazi faoliyati mobaynida unda 2600 nafardan ziyod bola — Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar va kam ta’minlangan oila farzandlari — qo‘shimcha ta’lim oldilar. O‘quv markazining 250dan ziyod bitiruvchilari O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lishga muvaffaq bo‘ldilar.
Jamoamiz o‘zining fidokorona va jonkuyar mehnati ila qiyin ahvolda qolgan ko‘plab bolalarning hayotini yaxshilashda salmoqli natijalarga erishgani bilan faxrlanaman. Bizning kelajakdagi rejalarimiz bisyor. O‘zbekistondagi ota-ona mehridan bebahra qolgan va imkoniyati cheklangan har bir bola yolg‘iz emasligini, biz uning kamol topishi va baxtu-saodati yo‘lida qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimizni bilishini astoydil istayman.» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi