Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 38 000 000 nafar kishiga yetdi. Bu raqam nafaqat mamlakatimizning aholi salohiyatini ko‘rsatadi, balki ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, erkaklar va ayollar sonida kichik bir farq bor. Xususan:
Erkaklar soni – 19 136 800 nafar
Ayollar soni – 18 863 200 nafar
Ya’ni erkaklar ayollarga nisbatan 273 600 nafarga ko‘proq bo‘lib, aholi tarkibida barobarlikni hamda aholining demografik holatini ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar