date

Bentuga necha kun? JCH oldi tayyorgarlik taqvimi haqida batafsil

Bentuga necha kun? JCH oldi tayyorgarlik taqvimi haqida batafsil

AQSh, Meksika, Kanada mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga taqvim jihatdan ko‘p vaqt bordek tuyulsa-da, bu milliy jamoalar futbolida juda kam hisoblanadi. Sir emaski, terma jamoalar klubga o‘xshab har kuni emas, faqat FIFA kunlarida yig‘ilishadi. Jamoa ustozzi aynan shu pallalarda unumli foydalanib, o‘z uslubi va taktik qarashlarini singdiradi. Xo‘sh, Bentu terma jamoamizni qo‘lga olsa, Jahon chempionatiga qadar tayyorgarlik uchun qancha vaqt yig‘iladi?

Avvalo, CAFA turnirini o‘z ichiga olgan bu FIFA kunlarini hisobga olmaymiz — Kapadze katta ehtimol shu bilan ishini tugatib qo‘yadi.

OKTYABR OYI (6–14):
Bentu ilk yig‘inni 6–14 oktyabr kunlari olib boradi. Unga qadar Superliga, Elit OChL va OChL uchrashuvlari bor. Demak, oktyabr oyidagi FIFA kunlarida 2 ta uchrashuv o‘tkazish imkoniyati mavjud.

NOYABR OYI (10–18):
Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari FIFA kunlarining 10–18 noyabr sanalariga to‘g‘ri keladi. Xalqaro maydondagi klublarimiz uchun mavsum dekabr oyida yakunlanadi.

QISHKI OYLAR (21 DEKABR – 18 YANVAR):
Taqvimga ko‘ra 21 dekabrdan 18 yanvargacha bo‘sh kunlar bor. Lekin futbolchilar ta’tilda bo‘lishini va mavsumni kech tugatishini hisobga olsak, yanvar oyida yig‘in tashkil qilinishi ehtimoli bor, biroq aniq emas. Futbolchi mavsumga klubi bilan to‘liq tayyorgarlik qilishi kerak. Yanvarda Bentu yig‘in o‘tkazadimi yoki yo‘q — hozircha noma’lum: uning qarashlari qanday, qachon va qaysi payt yig‘adi — bilmaymiz.

MART OYI (23–31):
Mart oyining boshida ichki chempionat bahslari start oladi (xalqaro maydondagilar uchun undan avvalroq). Endi O‘zbekiston terma jamoasi 23–31 mart sanalarida to‘planishadi va tayyorgarlikni davom ettirishadi. Bunda ham 8 kunlik muddat belgilangan.

IYUN OYI (1–9):
Oxirgi tayyorgarlik jarayonlari 1–9 iyun sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

XULOSA — VAQT HISOBI:
Umumiy hisobda plyus-minus 40 kunga yaqin yig‘in vaqti bor ekan. Bu yerda yanvar oyidagi ehtimoliy yig‘inlar inobatga olinmagan — ular ehtimol sifatida ko‘rilgan, xolos.

Qisqasi, terma uchun har bir FIFA oynasi — oltin bachka: o‘yin uslubi va taktika, rotatsiya hamda raqib tanlovi shu kunlarda pishitiladi. Bentu uchun ham vazifa aniq: mavjud 40 kunlik oynadan maksimal foydalanib, jamoaga reja va intizomni qat’iy singdirish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bentuga necha kun? JCH oldi tayyorgarlik taqvimi haqida batafsil