date

Muqaddas Ka’ba eshigining qimmatli yopinchig‘i O‘zbekistonga yetkazildi

Muqaddas Ka’ba eshigining qimmatli yopinchig‘i O‘zbekistonga yetkazildi

O‘zbekiston tarixida unutilmas voqea yuz berdi — Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’baning eshigiga tegishli yopinchiq (kisva)ning to‘liq qismi yurtimizga olib kelindi. Bu noyob artefakt Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida alohida ekspozitsiya sifatida joy olishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumki, Ka’ba har yili yangi kisva bilan qoplanadi. U ziyratchilar uchun muqaddas va ruhiy qadriyat timsoli sanaladi. Shu bois uning kichik bir parchasi ham musulmon olamida beqiyos ahamiyatga ega hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Shu uchrashuvda davlat rahbariga Saudiya podshohi Salmon Ol Saud tomonidan yurtimiz xalqiga bag‘ishlangan qimmatli hadya — muqaddas Ka’ba kisvaning bir parchasi topshirilgan edi.

Ordan vaqt o‘tib, endi esa butun eshik qismi, ya’ni Ka’ba qoplamasining eng qadrli bo‘lagi O‘zbekistonga yetkazildi. Mutahassislar bu voqeani mamlakatimiz tarixidagi muhim diniy va madaniy voqea sifatida baholamoqda. Chunki mazkur artefakt nafaqat musulmonlar uchun muqaddaslik ramzi, balki O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatining yana bir tasdig‘idir.

Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lum qilishicha, ushbu yopinchiq muzey ekspozitsiyasida namoyishga qo‘yilib, minglab ziyoratchi va tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘ladi. U orqali musulmon dunyosi tarixi, muqaddas Ka’baning ahamiyati va Saudiya hamkorligining ramziy qimmati yanada keng yoritiladi.

Ta’kidlash joiz, bu hadya ikki mamlakat o‘rtasidagi diniy va madaniy aloqalarning mustahkamlanishidan dalolat beradi. Saudiya podshohligi va O‘zbekiston hamkorligi natijasida yurtimiz tarixiy merosi va musulmon sivilizatsiyasi bilan bog‘liq eksponatlar yanada boyib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Muqaddas Ka’ba eshigining qimmatli yopinchig‘i O‘zbekistonga yetkazildi