date

Yerdagi so‘nggi 2 oydagi eng kuchli magnit bo‘roni yakunlandi

Yerdagi so‘nggi 2 oydagi eng kuchli magnit bo‘roni yakunlandi

So‘nggi ikki oy ichida kuzatilgan eng kuchli magnit bo‘roni yakunlandi.

Bu tabiiy hodisa 30 soatdan ortiq davom etgani aniqlandi. U G2.0 darajasigacha ko‘tarilgan — bu joriy yil 13–14 iyun kunlari kuzatilgan so‘nggi kuchli bo‘rondan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shu bilan birga, Quyosh shamoli tezligi 50 foizga oshgan holda saqlanmoqda. Bu haroratda keskin o‘zgarishlar ro‘y berish ehtimolini kelasi hafta o‘rtasigacha saqlab turadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu hodisa noqulay meteosharoitiga sezgir insonlar salomatligiga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agarda so‘nggi kunlarda bosh og‘rig‘i, charchoq, uyqusizlik yoki asabiylik kuzatilgan bo‘lsa, bu bevosita magnit faolligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Hozirda bo‘ron tugagan bo‘lsa-da, ba’zi fiziologik ta’sirlar yana bir necha kun saqlanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yerdagi so‘nggi 2 oydagi eng kuchli magnit bo‘roni yakunlandi