date

40 darajali issiq qaytadi: 28 avgust uchun ob-havo prognozlari

40 darajali issiq qaytadi: 28 avgust uchun ob-havo prognozlari

«O‘zgidromet»ning ma’lum qilishicha, 28 avgust kuni mamlakatimizda yana juda issiq havo kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda harorat 40 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoldan holi emas.

Toshkent shahri
Poytaxt osmoni qisman bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi nazarda tutilmagan. Shamol sharq yo‘nalishidan soatiga 3–8 metr tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat tungi soatlarda 22–24 daraja, kunduzgi paytda esa 37–39 daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Bu hududlarda ham ob-havo nisbatan barqaror bo‘ladi. Osmon biroz bulutli, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan soatiga 7–12 metr tezlikda esadi. Tungi harorat 17–22 daraja, kunduzi esa 34–39 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Osmon biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esishi mumkin. Tungi harorat 20–25 daraja, kunduzi esa 35–40 darajagacha yetdi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Bu hududlarda ham ob-havo nisbatan barqaror bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi mumkin. Tungi harorat 19–24 daraja, kunduzi esa 34–39 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Hududda osmon biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan soatiga 7–12 metr tezlikda esishi taxmin qilinmoqda. Harorat tungi paytda 20–25 daraja, kunduzi esa 35–40 daraja atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Farg‘ona vodiysida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esishi mumkin. Tungi harorat 17–22 daraja, kunduzi esa 34–39 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari
Tog‘li mintaqalarda ob-havo nisbatan salqinroq bo‘lishi mumkin. Osmon biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat tungi soatlarda 14–19 daraja, kunduzi esa 25–30 daraja atrofida bo‘ladi.

Shu tariqa, 28 avgust kuni mamlakatimiz bo‘ylab issiq va quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Mutasaddilar aholini ehtiyotkorlik choralariga amal qilishga va issiqdan himoyalanish uchun zaruriy qoidalarga rioya etishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 40 darajali issiq qaytadi: 28 avgust uchun ob-havo prognozlari