Toshkent shahrida yirik rekonstruksiya ishlari sabab yo‘l harakatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Hokimlik matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlari munosabati bilan ayrim uchastkalarda avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Aniqlanishicha, cheklov Cho‘ponota hamda Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan (ma’lum “Birodarlik qabrlari” yodgorligi hududi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishishigacha bo‘lgan oraliqqa (“Grand Mir” mehmonxonasi aylanasi) qo‘llanadi.
Yo‘l harakatiga nisbatan mazkur cheklov 2025 yilning 24 avgust sanasidan 31 avgust kuniga qadar amal qiladi.
“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Haydovchilardan esa yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlarini hamda muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Toshkentda ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar