date

“Manchester Siti” Lukman transferiga qiziqish bildirmoqda

“Manchester Siti” Lukman transferiga qiziqish bildirmoqda

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ustida jiddiy ish olib boryapti. Ayniqsa, hujum chizig‘ini kuchaytirish masalasida “shaharliklar”ning rejalari katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Caught Offside tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mankunianliklar Italiyaning “Atalanta” klubida to‘p surib kelayotgan Ademola Lukman transferi bo‘yicha vaziyatni o‘rganmoqda. Asosan bu futbolchi uchun asosiy raqobatchi “Inter” hisoblanar edi. Biroq milanliklar bergamoliklar bilan kelishuvda badal summasi borasida kelisha olmagan va natijada muzokaralar samarasiz yakunlangan.

Nigeriyalik 27 yoshli forvardga avvalroq Angliyaning “Arsenal” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirgandi. Biroq bu jamoalar hali amaliy qadamga o‘tgani yo‘q.

Transfermarkt platformasi mutaxassislari Lukmanni 60 million yevro atrofida baholashmoqda. Shuningdek, futbolchining “Atalanta” bilan amaldagi shartnomasi yana kamida ikki mavsumga mo‘ljallangan.

Muttaxassislar fikricha, agar Gvardiola uni jamoaga qo‘shib olsa, “Manchester Siti” hujum chizig‘ida yanada tezkorlik va yangi uslubga ega bo‘lishi mumkin. Muxlislar esa yaqin kunlarda bu transfer borasida qanday yangiliklar bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” Lukman transferiga qiziqish bildirmoqda