date

Jizzaxda qizini kaltaklagan otaga nisbatan qat’iy chora ko‘rilmoqda

Jizzaxda qizini kaltaklagan otaga nisbatan qat’iy chora ko‘rilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatni tashvishga solgan navbatdagi holat aks etgan video tarqaldi. Unda bir ota o‘zining voyaga yetmagan farzandlariga, jumladan qiziga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, qo‘l ko‘targani aniq ko‘riladi.

Bolalar huquqlari bo‘yicha Ombudsman rasmiy ma’lumot berishicha, ushbu hodisa Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan. Videoda aks etgan vaziyat yuzasidan hududiy vakillar va mutasaddi tashkilotlar tezkor o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tekshiruvlar davomida fuqaro S.Sh. oilada yuzaga kelgan nizo tufayli ikki nafar farzandiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llagani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda mazkur shaxsga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilayotgani bildirildi. Shuningdek, jabr ko‘rgan bolalar xavfsiz muhitga joylashtirilib, ular uchun zarur psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’minlanmoqda.

Bu jarayonda ichki ishlar organlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy “Inson markazi” mutahassislari hamkorlikda ish olib borishmoqda. Ular bolalarni qo‘shimcha stressdan himoya qilish, ularning ma’naviy holatini tiklashga yordam berish bilan shug‘ullanishmoqda.

Bolalar ombudsmani o‘z rasmiy munosabatida bu holat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishini ta’kidladi. Shuningdek, tergov va qonuniy jarayonlar davomida qo‘shimcha ma’lumotlar ommaga e’lon qilinishi ham qayd etildi.

Mazkur voqea yana bir bor farzandlarni himoya qilish, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish jamiyatimizda qanchalik muhim ekanini ko‘rsatmoqda. Ota-onalarning har bir harakati bolalar tarbiyasiga ta’sir qiladi. Shu bois, har qanday zo‘ravonlik nafaqat oila, balki butun jamiyat uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qizini kaltaklagan otaga nisbatan qat’iy chora ko‘rilmoqda