11:36 / 23.12.2016
6 556

Keyingi 5 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 1,8 barobar oshiriladi

Keyingi 5 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 1,8 barobar oshiriladi

2016 yil 21 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Fermerlari Kengashi hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan muhim ustuvor vazifalar muhokamasiga qaratildi.

Qayd etilganidek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan 2017 yilda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish borasida O‘zbekiston Fermerlari Kengashi zimmasiga ham qator mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlanganidek, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan haqiqat Kengashning bu boradagi sa’y-harakatlariga dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi kunda fermerlik harakati mamlakat taraqqiyotining muhim jabhasiga, ishlab chiqarish korxonalarining asosiy xom ashyo bazasiga, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanib bormoqda.

Ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbari ma’ruzasida qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish inson manfaatlarini ta’minlash, xususan, aholimizning yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq joylarda hayot darajasi va sifatini oshirish bilan bevosita bog‘liq ekanligi alohida qayd etildi.

Bu esa o‘z navbatida sohadagi tizimli o‘zgarishlarda ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda, yuqori texnologiyaga asoslangan intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish, eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish, keyingi 5 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 barobar oshirib, bugungi 17 foizdan 30 foizga ko‘paytirish, xomashyoni, eng avvalo paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olish, shuningdek, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni yakuniga etkazib, qishloq joylarida kichik ishlab chiqarish shoxobchalarini va servis xizmatlari tashkil etishni dolzarb masala qilib qo‘yadi.

Shu bilan bir qatorda yig‘ilish ishtirokchilari mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishish borasida yurtimiz fermerlarining ham ulkan hissasi mavjud ekanligini ta’kidladilar.

Tadbirda shuningdek, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolayotganligi va bu borada eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratish va bu borada aniq chora tadbirlar belgilab olish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari qayd etganidek, fermerlar bundan keyin ham faqat g‘alla, bug‘doy, meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va eksporti bilan cheklanmay, davlatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, qishloq hayotiga obod turmush g‘oyasini olib kirish hamda shakllantirishning ilg‘or sub’ekti bo‘lib qoladilar.

Majlisda bildirilgan fikr mulohazalar, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Keyingi 5 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 1,8 barobar oshiriladi