O‘zgidromet mamlakat bo‘ylab 20–23 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ob-havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–21 oktyabrda 0–5 daraja iliq, 22–23 oktyabrda 3–8 daraja iliq, kunduzi esa 20 oktyabrda 13–18, keyingi kunlarda 18–23 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham osmon biroz bulutli, lekin barqaror va xushmanzara ob-havo saqlanib turadi. Yomg‘ir ehtimoli past, shamol sharqdan esib turadi. Harorat kechasi 6–11 daraja atrofida, 22–23 oktyabrda 8–13 darajagacha ko‘tariladi. Kunduzgi harorat esa 20 oktyabrda 21–26, 22 oktyabrda 25–30 darajagacha yetishi, 23 oktyabrda esa biroz pasayib 20–25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham quyoshli, lekin ayrim vaqtlarda bulutlar ko‘rinishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi. Keyingi kunlarda havo iliqroqlashib, kechasi 8–13, kunduzi 23–28 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng iliq kunlar kuzatiladi. Bu hududlarda havo biroz bulutli, lekin xush havo hukm suradi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechasi 6–11 daraja, keyingi kunlarda 8–13 darajagacha ko‘tariladi. Kunduzi esa 21–22 oktyabrda termometr 25–30 darajagacha chiqishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham kuzning iliq nafasi seziladi. Yomg‘ir ehtimoli yo‘q, shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–11 daraja, 22–23 oktyabrda 8–13 daraja, kunduzi esa 18–23 darajadan 26–28 darajagacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim baland hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin asosan quruq va salqin ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja, keyingi kunlarda 18–23 daraja bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!