
Germaniyaning SINN Power kompaniyasi dunyodagi birinchi vertikal suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi, deb xabar berdi. Loyiha Bavariyada amalga oshirilgan bo‘lib, uning quvvati 1870 kVt, yillik energiya ishlab chiqarish hajmi esa 2 million kVt/soatni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich yuzlab xonadonlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Stansiyaning asosiy yangiligi — Skipp-Float nomli tizimda. U orqali quyosh panellari vertikal shaklda o‘rnatiladi. Bunday joylashuv quyosh nurini kunning ertalab va kechki soatlarida ham yaxshiroq qabul qilish imkonini yaratadi, bu esa barqaror va samarali elektr ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, ushbu texnologiya suv muhitiga hech qanday ziyon yetkazmaydi. Tizim suv havzasining faqat 4,65 foizini egallaydi. Bu esa ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.