Pullik yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha oshiriladi

1 daqiqa o'qish5.1K
Pullik yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha oshiriladi

O‘zbekistonda avtotransport tizimida yangi bosqich boshlanmoqda — mamlakatdagi pullik yo‘llarda harakat tezligi soatiga 150 kilometrgacha oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan muhokama davomida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining bosh yuridik maslahatchisi Hasan Umarov ma’lum qildi.

Mutaxassisning aytishicha, hozirda mamlakatdagi umumiy foydalanishdagi yo‘llarda maksimal tezlik me’yori soatiga 90 km etib belgilangan. Yangi tizim joriy etilgandan so‘ng, pullik avtomobil yo‘llarida bu ko‘rsatkich 150 km/soatgacha oshiriladi.

“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilingach, Yo‘l harakati qoidalariga ham tegishli o‘zgarishlar kiritiladi. Biroq jarimalar va ma’muriy choralar tartibi o‘zgarishsiz qoladi — ular oddiy yo‘llardagi kabi amal qiladi”, — dedi Hasan Umarov.

Ta’kidlanishicha, yangi tezlik me’yori joriy etiladigan pullik yo‘llar zamonaviy xavfsizlik standartlariga mos ravishda quriladi. Yo‘llar yengil avtomobillar va yuk transporti uchun alohida yo‘laklarga ajratiladi, bu esa xavfli qutib o‘tish holatlarini keskin kamaytiradi.

Shuningdek, yo‘llar chorrahalar va svetoforlarsiz, uzluksiz harakatni ta’minlovchi formatda loyihalashtiriladi. Har bir kesishuv turli darajadagi ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar orqali amalga oshiriladi, bu esa tirbandliklarni kamaytiradi hamda transport oqimini barqaror qiladi.

Mutaxassislar fikricha, bu o‘zgarish nafaqat tezlikni oshirish, balki vaqt va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Harakat xavfsizligi uchun zamonaviy nazorat tizimlari va radarlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Yangi tizim joriy etilgandan so‘ng, O‘zbekistondagi pullik yo‘llar nafaqat ichki transport oqimini, balki xalqaro logistika yo‘nalishlarini ham jadallashtirishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?