O‘zbekistonda 8 ta bank jazoga tortildi, yana 20 tasi ogohlantirildi

1 daqiqa o'qish202
O‘zbekistonda 8 ta bank jazoga tortildi, yana 20 tasi ogohlantirildi

O‘zbekistonda bank tizimidagi nazorat natijalariga ko‘ra bir nechta moliyaviy tashkilotlarga nisbatan chora ko‘rildi, deb xabar berdi centralbank.uz.

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi sentyabr oyidagi yig‘ilishida 43 ta masala ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi. Ularning katta qismi ro‘yxatga olish, ruxsat berish va bank faoliyatini baholashga oid bo‘ldi.

Tekshiruvlar chog‘ida ayrim bank va to‘lov tashkilotlarining prudensial talablar hamda qonunchilik normalariga to‘liq rioya etmagani aniqlandi.

Natijada 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkilotiga rasmiy ogohlantirish berildi — ularga kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, 8 ta bank jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalarini buzgani, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida qonun talablariga amal qilmagani uchun jarimaga tortildi.

Markaziy bank ta’kidlashicha, bunday choralar bank tizimidagi shaffoflikni kuchaytirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan. Muttaxassislar fikricha, bu qaror moliya bozorida intizomni oshirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?