date

Abduqodir Husanov APLdagi eng qimmat MDH futbolchisi bo‘ldi

Abduqodir Husanov APLdagi eng qimmat MDH futbolchisi bo‘ldi

Bugun, 18 oktyabr kuni, “Transfermarkt” portali Angliya Premer-ligasidagi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” jamoasi sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning narxi o‘zgarishsiz qolib, 35 million yevroni tashkil etdi.

Shu tariqa, Husanov APLda to‘p surayotgan MDH mamlakatlari futbolchilari orasida eng qimmat o‘yinchi maqomini saqlab qoldi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni “Liverpul” darvozaboni Georgiy Mamardashvili egallagan — uning bozor bahosi 28 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Kuchli uchlikni esa “Everton” jamoasining 26 yoshli himoyachisi Vitaliy Mikolenko yakunlab, uning qiymati 25 million yevro etib belgilangan.

Mutaxassislar fikricha, Husanovning yuqori bahosi uning Yevropa maydonlaridagi barqaror o‘yini va katta salohiyati bilan izohlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov APLdagi eng qimmat MDH futbolchisi bo‘ldi