date

2025 yilgi sabzavot hosili hajmi e'lon qilindi

2025 yilgi sabzavot hosili hajmi e'lon qilindi
2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida O'zbekiston agrarlari 9,9 million tonna sabzavot yetishtirishdi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi.

Eng ko'p hosil Andijon va Samarqand viloyatlarida yig'ilgan bo'lib, ularning har biri 1,4 million tonnani tashkil etdi. Keyingi o'rinlarda Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari — har biri 1,1 million tonnadan, Toshkent viloyatida esa 1 million tonna sabzavot yetishtirilgan.

Shu davrda xorijga 1,6 million tonna qishloq xo'jaligi mahsuloti eksport qilinib, umumiy qiymati 1,5 milliard AQSh dollariga yetdi. O'tgan yilga nisbatan eksport hajmi 7,5 foizga oshgan.

Eksportning asosiy qismini sabzavotlar (504,4 ming tonna), meva va rezavorlar (456,1 ming tonna), tarvuz-qovun mahsulotlari (229,2 ming tonna), shuningdek, yong'oqlar va mosh tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yilgi sabzavot hosili hajmi e'lon qilindi