8 083
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasida uch viloyatga 2 oylik tajriba muddati belgiladi
Ma’lumki, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshliqlari va boshqa bir qator mutasaddilar bilan uchrashdi. Unda bugungi kunda tibbiyot sohasi oldida turgan kamchiliklar va muammolar xususida so‘z yuritildi. Davlatimiz rahbari tibbiyot sohasining aynan qaysi yo‘nalishlari oqsayotganini aniq va ravshan ko‘rsatib o‘tdi. Shular qatorida ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimiga alohida e’tibor qaratildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
"Ixtisoslashgan tibbiy yordam tizimida o‘z echimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu borada qator ishlar qilindi, lekin "Tizimning bugungi kundagi faoliyati talabga javob beradimi?" degan savol paydo bo‘ladi. Ming afsuski, yo‘q! Masalan, qishloq aholisining operasiya amaliyotlarining 90 foizi Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. Bu noto‘g‘ri! Uzoq viloyatlardan Toshkentga etib kelguncha qancha xarajat ketadi?! Bu borada tizimli taqvimlardan foydalanish kerak, ya’ni mutaxassislar navbatma-navbat kelib, operasiyalarni o‘sha erlarda amalga oshirishlari kerak. Ixtisoslashgan tibbiy markazlar faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqish zarur", - deya ta’kidladi Sh. Mirziyoyev.
Shuningdek davlat rahbari joylarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy yordamlar ko‘rsatilmayotgani, mutaxassislar malakasi oshirilmayotganiga diqqatni qaratdi. Ixtisoslashgan markazlarni chekka hududlarda yashovchi aholiga yaqinlashtirish ko‘lamini oshirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Shu o‘rinda ixtisoslashgan markazlar strategiyasi va taktikasi tanqid ostiga olindi.
"Ushbu markazlar aholiga to‘liq malakali xizmat ko‘rsatmagani tufayli yiliga 40 mingdan ziyod fuqarolarimiz tibbiy yordam uchun chet davlatlarga chiqishga majbur bo‘lmoqda. O‘zingiz o‘ylang - 40 ming odamni qancha puli ketyapti? Nima uchun Rossiyadagi katta klinikalar mutaxassislari bu erga olib kelinib, operasiyalar shu erda bajarilmaydi yoki Hindiston bilan hamkorlikda qo‘shma markaz ochilmaydi? Shuning uchun Adham Ilhomovich (Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari), birinchidan, 50 nafar xorijdagi O‘zbekiston shifokorini olib kelasiz va ikkinchidan, har bir davlat - Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz. O‘zbekistondan tashqaridagi shifokorlar qaytganda kerakli hamma sharoitlarni yaratib beramiz. Har bir markazdan 10 kishi, boringki 20 kishidan xorijga o‘qishga yuborasiz, u erdagi yo‘nalishlar bilan tanishishsin. Biz yangi texnologiyalarni olib keldik, lekin ularda kim ishlaydi?", - dedi davlatimiz rahbari.
Bu borada yana bir muhim masala: oxirgi 5 yilda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish - 25 foizga, asab kasalliklari - 14 foizga, onkologik kasalliklar - 2,5-3 foizga oshganligi qayd etildi. Yuqori texnologik operasiyalarning faqatgina 23 foizi viloyat miqyosida ko‘rsatilgani, qolgani esa Respublika markazida bajarilayotgani ta’kidlandi. Biroq bu sohadagi muammolarning oldini olish bo‘yicha deyarli hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgani afsus bilan qayd etildi.
"Buning uchun zamonaviy talablarga javob beradigan onkologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya sohalarida ixtisoslashgan markazlarning hududlarda bosqichma-bosqich kardioxirurgiya xizmatini rivojlantirish, tuman va shaharlarda lor va oftolmologiya, kardiologiya, nevrologiya, endikrinologiya kabi ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi", - dedi davlatimiz rahbari.
Bundan tashqari, shifokorlar bilan ta’minlash darajasi past saqlanib turgan viloyatlar ulushi ko‘payib borayotganligi aytildi.
"Masalan, 10 ming aholiga nisbatan eng past ko‘rsatkichlar Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida tibbiy yordam sifatiga salbiy ta’sir etmoqda. Respublika bo‘yicha ajratilgan 92 ming shtat birligidan 10 400 tasi vakant bo‘lib qolmoqda. Bular - anesteziolog, rentgenolog, psixiatr, pediatr, laborant, shifokor mutaxassisliklaridir. Bularning bari tibbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi ham kamchiliklar va o‘z echimini kutayotgan muammolar mavjudligidandir.
Tibbiyot kadrlari etishmovchiligi muammosini bartaraf etish, sifat darajasini ko‘tarish maqsadida alohida dastur ishlab chiqarish zarurligi ta’kidlandi va bunda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozimligi aytildi:
- bakalavriat bosqichida o‘qish muddatini 7 yildan 6 yilga qisqartirish;
- yangi malaka va talablar, o‘quv rejasi dasturlarini joriy etish;
- tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejadagi ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar blokdagi ajratilgan soatlar, umumiy o‘quv yuklamalarini optimallashtirish;
- tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida ta’lim sifatini yaxshilash;
- amaliy ko‘nikmalarni to‘laqonli o‘zlashtirishda talabalarga shart-sharoit yaratish;
- oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash".
Shu o‘rinda tibbiy oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Tibbiyot akademiyasini bitirganlar viloyatlarga borib ishlamayotganiga e’tibor qaratish talab qilindi.
Aholini dori vositalari bilan talab darajasida ta’minlash bo‘yicha qator muammo va kamchiliklarga ishora qilindi.
"Bugungi kunda farmasevtika bozorining 75 foizini import dori vositalari tashkil etmoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari aholi ehtiyojini umuman qoplamayapti. Dorixonalar qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Ularda sotilayotgan bir xil nomdagi dori vositalari narxi 2-3 barobar farq qiladi, lekin vazirlik bunga hech qanday chora ko‘rmaydi", - dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek bir qator tibbiyot mutasaddilarining fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shavkat Miziyoyev bundan keyin Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari ikki oylik tajribaga o‘tishini ma’lum qildi. Boshqa viloyatlarda ham bu borada ishlar olib borilishi, lekin shu uch viloyatda vaziyat juda yomonligi aytildi.
"To‘g‘ri, ko‘p ish qilindi, lekin endi muhtaram Islom Abdug‘anievichning 25 yillik islohotlarini xalqqa etkazish va manfaatdorlik hamda natijaviylik yuzasidan mutlaqo yangi tizim yaratamiz. Odamlar bizdan juda ko‘p narsani, adolatli tibbiy xizmat etkazishni kutyapti. Sizlarning burch va mas’uliyatingiz boshqa soha mutaxassislariga qaraganda o‘n karra yuqoriroq. Men sizlarning madaniyatingiz, vatanparvarligingiz, qasamyodingizga sodiq ekanligingizga umid qilaman", - deya o‘z so‘zlariga yakun yasadi Sh. Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi