date

Uzbekistan Airways to'rtta Airbus A321neo ijaraga oladi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi CALC kompaniyasi bilan to'rtta Airbus A321neo samolyotini ijaraga olish bo'yicha kelishuv imzoladi. Ikki sinfga ega ushbu samolyotlar 2027-2028 yillar davomida yetkazib berilishi rejalashtirilganini Uzbekistan Airways xabar qildi.

Yangi samolyotlar Airspace Premium firmasining zamonaviy salonlari va ko'ngilochar qurilmalari bilan jihozlanadi. Shuningdek, yo'lovchilarga parvoz davomida simsiz yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

"Airbus A321neo samolyotlari samaradorlik, ilg'or texnologiyalar va yo'lovchilar uchun qulaylikni uyg'unlashtiradi. Bu bizning barqaror taraqqiyot va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirish strategiyamizga to'liq mos keladi", – dedi Uzbekistan Airways boshqaruv kengashi raisi Shuxrat Xudoyqulov.

Ushbu kelishuv aviakompaniyaning 2028 yilgacha bo'lgan muddatda aviatsiya parkini yangilash va kengaytirish bo'yicha uzoq muddatli strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Natijada, Uzbekistan Airways samolyot parkidagi A321neo modellari soni jami 15 taga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways to'rtta Airbus A321neo ijaraga oladi