O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun 2 barobar haq to‘lanadi

1 daqiqa o'qish1.1K
O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun 2 barobar haq to‘lanadi

O‘zbekistonda ortiqcha ish soatlari uchun haq to‘lash tartibi yangicha asosda belgilab olindi. Prezident tomonidan imzolangan yangi Qonun (O‘RQ–1095, 2025 yil 11 noyabr) mehnat munosabatlarini takomillashtirish va ishchi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan, deb xabar berdi Norma.uz.

Hujjatga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklariga yangi imkoniyatlar yaratildi — ular endilikda kasb va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilishi, chet el ish beruvchilar bilan hamkorlik qilishi va depozitdan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Eng muhim o‘zgarishlardan biri — ish vaqtidan tashqari mehnatga oid cheklovning bekor qilinishi. Ilgari Mehnat kodeksida bu holat yiliga 120 soatdan oshmasligi lozim deb belgilangan edi. Endi esa ish beruvchi va xodim o‘rtasida kelishuv asosida bu soatlar cheklanmaydi.

Qonunga muvofiq, ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq quyidagicha belgilangan:
— dastlabki ikki soat uchun kamida 1,5 barobar;
— ikki soatdan ortiq ishlagan taqdirda kamida 2 barobar miqdorda maosh to‘lanadi.

Mutaxassislar fikricha, bu o‘zgarishlar mehnat munosabatlarini yanada ochiq-oshkora qilish, xodimlarning huquqlarini himoya etish hamda xususiy bandlik tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?