date

2026-yildan shifokorlarga ko'proq imtiyozlar beriladi

2026-yildan shifokorlarga ko'proq imtiyozlar beriladi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlarni tasdiqladi. Unga ko'ra, 2026-yil 1-yanvar va 1-apreldan boshlab bir qator yangi imtiyoz va to'lovlar joriy etiladi.

Ushbu choralar qatorida maoshga 10% qo'shimcha ustama, ipoteka kreditining 25% qismi davlat tomonidan qoplab berilishi, xodimlarning farzandlarini o'qitish xarajatlarini qoplash, 30 million so'mgacha mukofotlar, ilmiy maqolalarning chop etilishi uchun xarajatlarni qoplash, bepul davolanish va sanatoriy xizmatlari hamda davlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun besh kunlik ish haftasi kafolatlanishi kabilar mavjud. Har yili Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan eng yaxshi shifokorlar, shifoxona va poliklinika rahbarlari o'rtasida tanlov o'tkaziladi.

G'oliblar qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, davlat yuqori reytingga ega xalqaro ilmiy jurnallarda shifokorlarning ilmiy maqolalarini chop etish xarajatlarini qoplaydi.

2026-yil 1-apreldan boshlab barcha davlat tibbiyot muassasalari besh kunlik ish haftasiga o'tadi. Ammo dam olish kunlari va bayramlarda navbatchilik saqlanib qoladi.

Mazkur dastur uchun har yili davlat byudjetidan qo'shimcha 100 milliard so'm ajratiladi. Dasturning amalga oshirilishini Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari o'rinbosari Tohir Aliyev nazorat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026-yildan shifokorlarga ko'proq imtiyozlar beriladi