
Oʻzbekiston 29 dekabr kuni Afgʻonistonga 390 tonnalik gumanitar yordam yetkazib berdi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Yuk tarkibidan dori-darmon hamda oziq-ovqat mahsulotlari joy oldi. Yordamni topshirish marosimi Hayratonda oʻtkazildi. Unda Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafa Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Vafa soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan hamkorlik fonida Afgʻoniston mahsulotlari eksporti oshgani, mamlakat aholisi ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti yaxshilangani haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
TIV maʼlumotiga koʻra, joriy yilda Toshkent qoʻshni davlatga gumanitar yordamni toʻrtinchi bor taqdim etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.