date

Amerikalik aktyor Jorj Kluni Fransiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

Amerikalik aktyor Jorj Kluni Fransiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

Amerikalik aktyor Jorj Kluni va uning oila a’zolari Fransiya fuqaroligini oldi. Bu haqda AFP agentligi hukumat byulleteniga tayanib xabar berdi. Xabar 30 dekabr kuni soat 14:53 da (Toshkent vaqti bilan) e’lon qilingan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

AFPga ko‘ra, Kluni dekabr boshida Fransiyada shaxsiy hayotni himoya qiluvchi qonunlarni yuqori baholagan. Uning aytishicha, bu me’yorlar oilasini paparatsilardan asrashda muhim rol o‘ynaydi. “Bu yerda bolalarni suratga olishmaydi. Maktab darvozasi oldida paparatsilar yo‘q. Biz uchun eng asosiysi ham shu”, — degan u.

Aktyor 400 ta dars olganiga qaramay, fransuz tilini hanuz yaxshi o‘zlashtira olmaganini tan olgan. Shunga qaramay, u Fransiya madaniyati o‘ziga yoqishini ta’kidlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Kluni 2021 yildan beri Fransiya janubidagi Domaine de Canadel nomli mulkka egalik qiladi. U oktyabr oyidagi intervyusida Gollivud muhitini inobatga olib, farzandlarini Los-Anjelesda katta qilishni istamasligini aytgan.

Jorj Kluni — aktyor, rejissyor va prodyuser. U keng ommaga “Tez yordam” seriali orqali tanilgan, “Oushenning 11 do‘sti”, “Quyosh botishidan tonggacha” kabi filmlar esa uning xalqaro shuhratini yanada mustahkamlagan. Kluni “Oskar” mukofotini ikki bor — aktyor va prodyuser sifatida qo‘lga kiritgan, shuningdek, “Oltin globus” sovrindori hamdir. U 2014 yildan beri Amal Kluni (qizlik familiyasi — Alamuddin) bilan turmush qurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik aktyor Jorj Kluni Fransiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi