
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo'lining bir qismida vaqtinchalik avtomobil harakati cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ushbu cheklov yo'lda ta'mirlash ishlari olib borilishi bilan bog'liq. Yopilish Beshqayrag'och va Foziltepa ko'chalari orasidagi yo'l qismiga taalluqli bo'lib, avtomobillar harakati uchun yo'lning bir tomoni 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha yopiladi.
Shahar hokimligi barcha haydovchilardan oldindan aylanma yo'nalishlarni tanlashni so'ramoqda. Bu tirbandliklarning oldini olish va vaqtinchalik noqulayliklarni kamaytirishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.