
O'zbekistonda 5 dekabr kuni o'zgaruvchan bulutlilik va ba'zi joylarda yomg'ir hamda qor yog'ishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O'zgidromet. Kechasi Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida kuchli sovuq bo'lib, harorat –7 darajagacha tushadi.
Kunduzi bu hududlarda havo +3 dan +8 darajagacha isiydi. Toshkentda ertalab oz miqdorda yomg'ir yog'adi, harorat +2 dan +4 darajagacha bo'ladi.
Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi, havo +9 dan +11 darajagacha ko'tariladi. Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida yomg'ir va qor yog'ishi prognoz qilinmoqda.
Bu hududlarda kechasi va kunduzi harorat –2 dan +3 darajagacha bo'lishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi harorat 0 dan +5 darajagacha tushadi, kunduzi esa +13 darajagacha ko'tarilishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.