date

Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni telefon orqali tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston rahbari qirg‘izistonlik hamkasbiga sihat-salomatlik va farovonlik tiladi.

Ikki davlat rahbarlari iqtisodiyot va madaniyat sohalarida hamkorlikni kuchaytirayotganini ta’kidladilar. Qirg‘iziston Prezidenti Mirziyoyevga samimiy tabriklar va tilaklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

U Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishini qayd etdi. Suhbat davomida davlat rahbarlari yirik strategik loyihalarni, jumladan, "Kambar-Ota-1" GESining qurilishi masalasini ham muhokama qildilar.

Bir kun avval O‘zbekiston Prezidenti ushbu loyiha moliyalashtiruvi kelasi yildan boshlanishini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi